Rossiyaning Perm ölkasi Polvonlar ittifoqi vakillari AQŞda bölib ötayotgan Arnold Amateur World championship 2016 musobaqalarida Gollivud yulduzi, aktyor Arnold Şvartseneggerga Rossiya prezidenti Vladimir Putin surati tuşirilgan futbolkani sovğa qilişdi. Bu haqda permnews.ru sayti xabar bermoqda.
Musobaqalar iştirokçisi, rossiyalik oğir atletikaçi Sergey Xarlamov aktyorning bu sovğaga qanday munosabat bildirgani haqida gapirib berdi. Uning aytişiça, Arnold Şvartsnegger sovğa uçun minnatdorçilik bildiriş vaqtida hazilomuz tarzda munosabat bildirib, Putinni "rus Terminatori" deb atadi.

"Uning fikrini biliş juda qiziq böldi. U futbolkani olmasligi ham mumkin edi. Odam har qanday munosabat bildirişi mumkin. Men Şvartsneggerga "bizda sizga antiqa sovğa bor" dedim. U bölsa "Ha" deb javob berdi va sovğani olgaç, biroz taajjublanib turib, "Russian Terminator" ("rus Terminatori") deb aytdi", demoqda Xarlamov.
Şvartsenegger tomonidan taşkil etiladigan Arnold Amateur World championship xalqaro festivali bilaklar kuçini namoyiş qiliş sportida nufuzli musobaqa hisoblanadi. U AQŞda 1989 yildan beri ötkazib kelinadi.






