Tailand hayvonot boğidagi 3ta fil fransuz rassomi Pol Granjyenning “1600 panda” körgazmasi uçun pandalar kabi tusda böyaldi.
Ularni akril böyoqlarida böyab çiqişgan. Hayvonot boğining xodimlari mazkur iş jarayonida fillarga heç qanday ziyon yetmaganini qayd etişdi.
Hayvonlarning noodatiy körinişi tarmoqlarda katta muhokamaga sabab böldi. Köplab foydalanuvçilar fillar öziga xosligidan mahrum bölganligini qayd etib, bu ğoyani tanqid ostiga olişdi. Boşqalar esa fillar ham tobora kamayib borayotgan jonivorlar qatoriga kirişini va bu ma'lumotni insonlar bilişi zarur ekanligini ta'kidlaşdi.
Taniqli “1600 panda” körgazmasi pape-maşe (fransuzça “papier mâché” – “saqiçli qoğoz”)dan qöl mehnati yordamida yasalgan 1600ta panda haykalçalaridan iborat. Ularni dunyoning turli mamlakatlariga pandalarning ölimi muammolariga jamiyat e'tiborini qaratiş maqsadida köçirib yurişadi. Ekspozitsiya, masalan, Pekin, Honkong, Parij, Bangkok va Rim kabi şaharlarda ham taşkil etilgan.











