LG G5 modulli tuzilmaga ega birinçi tijorat smartfoniga aylandi. LG flagman bilan birga mobil foto va video işqibozlari uçun Cam Plus modulini ham namoyiş etdi. Şuningdek, Bang & Olufsen kompaniyasi hamkorligida örnatilgan Hi-Fi Plus ovoz kuçaytirgiçi modulini ham taqdim etdi. Anons davomida mazkur modullarning narhi LG G5 kabi e'lon qilinmadi. Biroq birgina Cam Plus B&H dökonining saytida paydo böldi, uning qiymati esa 69 dollarni taşkil etadi.

Avvalroq Sam Plus narhi 90 dollardan kam bölmasligi xabar qilingan edi. Bu esa LG muxlislarini xursand qilişi tabiiy. Eslatib ötamiz, mazkur modul 1 200 mA/s siğimli batareyaga ega bölib, LED indikatori, suratga oliş çoğida masştablaştiriş uçun ğildirak, şuningdek, suratga oliş uçun mexanik tugmasi mavjud.
LG Hi-Fi Plus narxi haqida şu paytgaça heç qanday ma'lumot mavjud emas.







