Lufthansa konserni Belgiya poytaxtiga amalga oşirilişi belgilangan barça reyslarini 28 mart kunigaça bekor qildi. Bunga Bryusselda yuz bergan teraktlar tufayli şaharda xavfsizlik şaroitlari yetarli darajada ta'minlanmagani sabab sifatida körsatilgan. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.

"22 mart kunidan 28 mart kunigaça Bryusselga amalga oşirilişi kerak bölgan 156ta reys bekor qilindi. Bu 12,3 ming nafar yölovçiga ta'sir körsatadi", deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 22 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:10da Bryussel aeroportida ikkita portlaş sodir etildi. Köp ötmasdan, Bryusseldagi metro bekatlarida ham 3ta terakt amalga oşirildi. Sönggi ma'lumotlarga köra, portlaşlar oqibatida 31 kişi halok bölgan, 40 davlat fuqarolari bölgan 300ga yaqin kişi jarohatlangan.