Hatton Promotions promouterlik kompaniyasi professional boksning superoğir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning muntazam çempioni Lukas Braunning doping mojarosi borasidagi rasmiy bayonotini e'lon qildi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

“Barçani işontirib şuni ayta olamanki, men taqiqlangan moddalar iste'moliga qarşiman va heç qaçon bunday pastkaşlikka yöl qöymayman. Şu örinda bir narsani aytişim kerak, men va jamoam Çeçeniston hududida jang ötkaziş katta tavakkal ekanini oldindan bilgan edik. Lekin voqealar rivoji bu darajada özgarib ketişini xayolimga ham keltirmagandim.

Eng alamlisi, aynan mening jamoam doping masalasiga jiddiy e'tibor qaratgan va ixtiyoriy doping nazoratidan ötiş assotsiatsiyasi, ya'ni WADA xizmatiga murojaat qilgandi. Hozirça şu gaplarni aytiş bilan çegaralanaman. Tez orada barça masalaga oydinlik kiritiladi”, — dedi Braun.

Avstraliyalik boksçi özbekistonlik Ruslan Çagayevga qarşi ötkazgan jangidan söng doping uçun tahlil topşirgandi va uning qon namunasida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlangan. Bu esa Xalqaro antidoping taşkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilgan. Lukas Braunda «B» namunasi natijalarini talab qiliş huquqi mavjud.

Eslatib ötamiz, Ruslan Çagayev va Lukas Braun örtasidagi çempionlik jangi 6 martga ötar keçasi, Grozniy şahrida ötkazilgandi. Unda özbekistonlik boksçi raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mağlub bölgan. Jangdan söng Braundan olingan doping-tahlil natijalari ijobiy çiqqan. Uning qon namunasida taqiqlangan klenbuterol moddasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Lukas Braunda aniqlangan doping yötalga qarşi dori tarkibida bölgani aytildi