Samsung kompaniyasining yangi flagmani IP68 standartidagi suv va çangdan himoya tizimini qölga kiritgan. Bu esa, Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlarini bir metr çuqurlikda suv ostiga 30 daqiqaga şönğişga çiday olişidan dalolat beradi. Tabiiyki, uşbu xususiyatni sinab köruvçilar ham topildi. Buning uçun qiziquvçan insonlar murakkab sinovlarni ötkazib körişdi.
Boşida Galaxy S7 sovuqga çidamliligi sinab körildi. Buning uçun ular qurilmani suv töldirilgan idişga solib, uni muzlatgiçga qöyişdi va qurilma u yerda ikki soat böldi. Bunday oğir sinovga qaramay Janubiy Koreyaning yangi smartfoni işlaşni davom ettirdi.
Söngra, qurilma undan ham qiyinroq sinovdan ötkazib körildi. Galaxy S7 kir yuvuş maşinasiga yuborildi. Smartfon 45 daqiqali issiq suvda kir yuviş jarayoniga doş bera oldi. Şunisi ma'lum böldiki, unga nafaqat şikast yetmagan, balki yanada yaltiroq bölib qolgan.
Yuqoridagi sinovlardan söng, Galaxy S7 haqiqatan ham suvga çidamli ekanligiga işonç hosil qilsa böladi. Ammo bunday sinovlarni amalda bajarib körişingizni maslahat bermaymiz.







