UYeFA rahbariyati Yevropa çempionlar ligasining ötkaziliş tartibini özgartiriş böyiça variantlarni körib çiqmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar qilgan.
Körib çiqilayotgan variantlardan biriga köra, 2018 yilda turnirda iştirok etuvçi jamoalar soni hozirgi 32tadan 16tagaça tuşirilişi va guruhlar soni 8tadan 2taga kamaytirilişi mumkin.
Bu holatda, YeÇLning guruh bosqiçida köproq öyinlar ötkaziladi va kuçli jamoalarning özaro töqnaşuvlari soni ortadi. Guruh bosqiçining davom etiş davri uzayib, bu bosqiç hozirgidek dekabrda emas, Yangi yildan keyin yakunlanadi.
UYeFAdagilar hisoblaşiça, bunday özgarişlar turnirga bölgan qiziqişni yanada oşiradi va teletranslyatsiyalar huquqini sotiş hamda homiylik şartnomalaridan keladigan daromad köpayadi. Özgarişlar 2017-2018 yillar mavsumidan keyin joriy qilinişi mumkin.






