Ertaga 26 mart kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği öz faoliyatining 10 yilligini nişonlaydi.
2006 yilda asos solingan uşbu saytdan bugunga kelib bir kun davomida 51 million odam foydalanadi.
2007 yili “Odnoklassniki”dan million foydalanuvçi röyxatdan ötgan, bir yildan keyin esa bu auditoriya ön barobarga oşdi.
2010 yili xizmat Mail.Ru Group internet-xolding tarkibiga qöşildi.
Bu yil videomanbaga ega eng maşhur Runet saytlari içida “Odnoklassniki” ikkinçi örinni egalladi (comScore ma'lumotiga köra).
Sayt foydalanuvçilar örtasida pul ötkaziş xizmatini kiritgan hamda Instagram bilan hamkorlikni yölga qöygan.
Bugunga kelib “Odnoklassniki” foydalanuvçilari har kuni tarmoqqa 18,3 million yangi suratlar yuklaydilar, 180 million “Klass” belgilarini bosadilar, 300 million videoroliklar bölişadilar va 300 million xabar yuboradilar. Ijtimoiy tarmoq statistikasiga köra, foydalanuvçilar har kuni örtaça 41 daqiqani şu saytda ötkazadilar.







