Maşhur sobiq futbolçi Devid Bekhem kompaniyasi Mayamidan yer maydoni sotib oldi. Bu yerda Şimoliy Amerika futbol ligasi (MLS)da iştirok etişi möljallangan klubi uçun maydon qurilişi rejalaştirilgan. Bu haqda ESPN xabar tarqatgan.
Bekhem öz klubiga asos solişi haqida 2014 yilning aprelida ma'lum qilgan. Öşanda sportçi bu loyihaga hamkorlari bilan birgalikda 125 million dollar sarflaşga tayyor ekanini ham bildirgan edi.
Avvaliga Mayami şahri hokimiyati taklif etilgan hududni “nomunosib” deb baholab, qurilişga qarşi çiqdi. Lekin dekabrda futbolçi 25 ming kişini siğdira oladigan arena qurilişiga ruxsat beruvçi hujjatni qölga kiritdi.
Manbaga köra, Mayami-Biç yaqinida sotib olingan maydonning kengligi 2,43 gektardan iborat.
Quriliş işlari boşlaniş sanasi hali ma'lum qilinmagan.







