Google kompaniyasi özining YouTube Connect strimingli (jonli oqimdagi) xizmatini yaratadi. Bu haqida VentureBeat naşri xabar qildi.
Manbaning qayd etişiça, servis Periscope’ga juda ham öxşaydi. YouTube/Google-akkauntlari orqali avtorizatsiya qiliş mumkin. Şundan söng darhol smartfonlarda töğridan-töğri uzatiluvçi lavhalarni tomoşa qiliş imkoni paydo böladi. Lavhalar tugagaç, kanalda saqlanib qoladi va ularni istalgan vaqtda qayta tomoşa qiliş imkoni mavjud böladi.
YouTube Connect xizmatida YouTube`ga a'zo bölgan foydalanuvçilarning sönggi translyatsiyasi körinib turgan lenta joylaşgan böladi. Mvzkur xizmat iOS va Android uçun mavjud. Biroq uning işga qaçon tuşirilişi hozirça noma'lum. YouTube Connect haqidagi batafsil ma'lumotlar San-Frantsiskoda may oyida ötkaziladigan dasturçilar anjumanida taqdim etilişi kutilmoqda.







