Özbekiston Rossiyada meva va sabzavot sotişga ixtisoslaşgan savdo uylari taşkil qilişni rejalaştirgan. Bu haqda “Özulugurjisavdoinvest” vakiliga asoslanib, Sputnik agentligi xabar tarqatgan.

Manbaning ma'lumotiga köra, bugungi kunda Rossiyada uçta şunday savdo uylari faoliyat körsatmoqda – Moskvada ikkita va Novosibirskda bitta. Yaqin vaqt içida Rossiyaning turli hududlarida yana bir neçta şunday savdo uylarini taşkil qiliş rejalaştirilgan.

“Biz birinçi savdo uylarini joylaştiriş uçun bekorga Moskva va Novosibirskni tanlamadik. Poytaxt – bu savdo markazi. Bu yerda barça yirik ulgurji savdo kompaniyalari ofislari joylaşgan. Moskva orqali Boltiq böyi va Skandinaviya mamlakatlariga çiqiş ham qulay. Novosibirskdagi savdo uyi Rossiyaning markaziy qismi va Uzoq Şarq hududi uçun barpo qilingan. Keyinçalik biz bu yönalişni faol ravişda rivojlantiramiz”, — deydi manba.

Uning sözlariga köra, 2014 yilda ikki mamlakat munosabatlarida uyğoniş davri böldi. Sabzavot mahsulotlari hajmida ösiş kuzatildi, köplab muzokaralar ötkazildi va hamkorlar bir-birini örganişdi. Rossiyaliklar Özbekistonga kelişdi va mahsulot sifatini boğ va dalalarda turib tekgşirişdi. Şuningdek, vakillar mahsulotlarni saqlaş va logistika tizimini örganişdi. 2016 yilning birinçi oylarida esa Rossiyaga mahsulot yetkizib beriş borasida yangi şartnomalar tuzildi.

“Bugun bizning savdo uylarimizga, Özbekiston mahsulotining sifatini körgan va katta hajmda sotib olişga tayyor bölgan köplab mijozlar kelişmoqda. Sotib olinayotgan mahsulot hajmi 5 tonnadan 20 ming tonnagaçani taşkil qilmoqda. Olma, olxöri, olça, gilos va boşqa mevalar eng köp talabga ega bölib turibdi. Qovunga ham alohida talab mavjud. Mijozlar talabiga javob beriş uçun biz Ğuzorda 200 gektarlik alohida eksperimental plantatsiya oçdik. Talab köp bölgani uçun joriy yillda biz uning maydonini 400 gektargaça köpaytiramiz”, — deydi vakil.

"Özulgurjisavdoinvest" bir vaqtning özida Xitoy va Hindistonda ham şunday savdo uylari oçiş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.

Ötgan yilda Özbekistonda 12,5 mln tonna sabzavot va kartoşka mahsulotlari, 1,8 mln tonna poliz mahsulotlari, 1,5 mln tonna uzum hamda 2,73 mln tonna meva yetiştirilgandi.