Rossiya qurolli kuçlarining harbiysi Suriyada terrorçilarga tegişli obektlarni aniqlab, Rossiya aviatsiyasi zarbalarini ularga yönaltiriş böyiça vazifani bajarayotganda halok böldi.

"Tadmor (Palmira, Xoms viloyati) aholi punkti hududida Rossiya samolyotlarining IŞID jangarilari obektlariga zarbalarini yönaltiriş böyiça maxsus vazifani bajarayotganda Rossiya qurolli kuçlarining maxsus operatsiyalar zobiti halok böldi", deb aytdi "Interfaks" axborot agentligiga Xmeymimdagi Rossiya bazasining vakili.  

Maxsus jangçi Palmira hududida bir hafta davomida jangovar vazifani bajarib kelgan. Zobit terrorçilarga tegişli muhim obektlarni aniqlab, ularning koordinatalarini zarba beriş uçun Rossiya aviatsiyasiga bergan.

"Terrorçilar tomonidan aniqlanib, örab olingan harbiy xizmatçimiz qahramonlarça halok böldi", deb qöşimça qildi vakil.

Zobit Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi davomida halok bölgan rossiyalik 6-harbiy böldi. Uning ismi hozirça ma'lum qilinmadi.

2015 yil oktabrda Suriyada xizmat ötayotgan Vadim Kostenko öz joniga qasd qilgandi, 24 noyabrda turk aviatsiyasi tomonidan urib tuşirilgan Su-24 samolyoti uçuvçisi Oleg Peşkov, uni qutqariş böyiça operatsiyada iştirok etgan dengiz piyoda askari Aleksandr Poziniç halok bölgan. 17 martda Rossiya prezidenti Suriyada halok bölgan yana ikki harbiy: Ian Çeremisin va Fyodor Juravlyovlarning nomlarini ma'lum qilgan.