Tunisda yengil atletika böyiça Gran Pri turkumiga kiruvçi yirik xalqaro turnir ötkazilmoqda. Mazkur musobaqada 21 davlatdan 300dan ortiq sportçi iştirok etmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqaning dastlabki kunida uç nafar özbekistonlik sportçi 3ta oltin medalni qölga kiritdi.
Jumladan, yadro uloqtiriş bahslarida eng yuqori natijani yengil atletikaning (F12) klassida 12.83 sm.ga uloqtirib, Burxanova Sofiya şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy olgan bölsa, Axmatxanova Dilafröz (F35) klassida 7.88 sm. natija bilan birinçi örinni egalladi.
Nayza otiş böyiça ötkazilgan bahslarda Özbekiston şarafini himoya qilgan Sveçnikov Aleksandr 57.02 sm.natija bilan oltin medalni qölga kiritdi.
Endilikda özbekistonlik sportçilar 1500 m. masofaga yuguriş va uzunlikka sakraş bahslarida iştirok etişadi.






