Ötgan yil oxirida Amerikaning Hewlett-Packard korporatsiyasi ikkita alohida HP Incorporated va HP Enterprise kompaniyalariga ajratildi. Birinçisi kompyuter va printerlarni işlab çiqariş bilan şuğullansa, ikkinçisi dasturlaşni ta'minlab xizmat körsatadi. Endi esa Tayvanning Acer kompaniyasi xuddi şunday qaror bilan çiqdi. Bu kompaniya ham ikkita biznes-guruhga ajraliş niyatida. Core Business nomli bir kompaniya kompyuter işlab çiqarişda davom etsa, ikkinçisi mobil yönalişni öz içiga oladi.
Core Business noutbuklar, kompyuterlar, planşetlarni işlab çiqariş, tadqiqotlar, xizmat körsatiş, korporativ biznesni rejalaştiriş bilan şuğullanadi. Şuningdek bu yönalişga Digital Display ham kirib, u proyektorlar va monitorlar işlab çiqaradi. IT-mahsulotlar bölimiga Jyerri Kao, Digital Display rahbarligiga esa Viktor Çen tayinlandi.
Nomi oşkor qilinmagan ikkinçi kompaniya öz zimmasiga smart qurilmalarni oladi, bunga smartfonlar, devayslar, şuningdek Build your Own Cloud (BYOC) (Öz bulutingni yarat) yönalişi va elektron işçi operatsiyalari kiradi. Smart qurilmalar işlab çiqarişga Maverik Şix rahbar etib tayinlandi.






