Google kompaniyasi öz qidiruv sahifasida foydalanuvçining röyxatga olişdagi ma'lumotlari hukumat tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan xakerlar hujumiga uçraşi mumkinligi haqida xabar bera boşladi. Bu haqda Business Insider naşri xabar bermoqda.
Kompaniyada aytilişiça, bunday turdagi hujumlarga örtaça 0,1 foiz foydalanuvçilar uçraydilar. Biroq turli davlatlarda nişon sifatida jurnalistlar, faollar, muvaffaqiyatli tadbirkorlar va hattoki boşqa davlatlar amaldor şaxslari tanlanişi mumkin.
Mavjud bölgan xavf imkoniyatlari haqidagi xabarni hujumga uçraşi mumkin bölgan qurbonlar, şuningdek naşrning jurnalisti ham olgan.
Avvalroq özini IŞIDga tegişli deb biluvçi "Kiberhalifalik" xakerlik guruhi Google saytiini buzişga va'da bergan, biroq boşqa saytga hujum qilgan.






