Kickstarter’da atigi 99 dollar turadigan OLO 3D-printerini işlab çiqariş uçun mablağ töplanmoqda. U smartfonning hisoblaş kuçi va ekrani yoritilişidan foydalangan holda oddiy batareyalardan quvvatlanadi.

OLO uçta asosiy qismdan iborat: smartfon joylanadigan negizga, naşr etiş qutisi va hamda 3D-obekt naşr qilinayotgan plastina örnatiladigan dvigatel. Smartfon ekranidan çiqadigan yoruğlik yordamida suyuq polimer qattiq holatga keltiriladi.

Aytiş joizki, OLÖning 2ta kamçiligi bor: birinçidan u mitti narsalarni naşr qiladi, ikkinçidan, öz firma mahsulotlarida işlaydi.

Printerni işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, kerakli buyumdan Autodesk 123D Catch ilovasi yordamida nusxa olsangiz bas, OLO uni 10 daqiqa içida naşr qila oladi hamda Android, iOS va Windows Phone operatsion tizimlarda işlaydigan telefonlarga mos tuşadi. Ilk xaridorlarga mahsulot şu yilning sentabrida yetkaziladi.