Braziliya terma jamoasi 2018 yil Jahon çempionati saralaş bosqiçining 5-turida öz maydonida Urugvay bilan 2:2 hisobidagi durang natijani qayd qildi.
Braziliyaliklar yarimhimoyaçisi Duglas Kosta uçraşuvning 1-daqiqasidayoq maydon egalarini hisobda oldinga olib çiqdi (1:0). 1-bölim örtalarida Renato Augusto braziliyaliklar ustunligini yanada mustahkamladi (2:0).
Biroq mehmonlar hujumçisi Edinson Kavani harakatlari evaziga hisobdagi farq tez orada minimal farqqa keltirildi (2:1). Öyindagi yakuniy natijani 2-bölimda hujumçi Luis Suares örnatdi (2:2).
Urugvay 10 oçko töplagança, 2-örinda qoldi. Braziliya esa 8 oçko bilan 3-öringa kötarilib oldi. U qöşimça körsatkiçlar böyiça xuddi şunça oçko töplagan Paragvay va Argentinadan oldinda bormoqda.
Bu bahsdan oldin “Barselona” hujumçilari Luis Suares (Urugvay) va Neymar (Braziliya) öyin natijasi borasida bitta gamburgerga bahs boylaşgandi. Körinişiça, endi ulardan heç biri boşqasiga gamburger "qarz bölmaydi".
JÇ 2018. Janubiy Amerika. 5-tur
Braziliya – Urugvay – 2:2
Gollar: Kosta, 1 (1:0); Augusto, 26 (2:0); Kavani, 31 (2:1); Suares, 48 (2:2).






