Portugaliya Markaziy Afrika Respublikasi va Maliga 200 dan köproq tinçlikparvar askarlarini yuboradi. Bu haqda Portugaliya mudofaa vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda AFP axborot agentligi ma'lum qildi.
150 ga yaqin harbiy MARga va yana 60 ga yaqin harbiy Maliga BMTning bu davlatlardagi missiyalari doirasidagi maxsus operatsiyalarda iştirok etgani yuboriladi. Frantsuz harbiy kontingenti joylaştirilgan MARga harbiylarni yuboriş qarori Fransiyaning islom ekstremizmi bilan kuraşda yordam beriş haqidagi söroviga javoban qabul qilindi. Fransiya ötgan yili Parijdagi teraktlardan keyin ittifoqçi davlatlarga harbiylarini jönatgandi.
Ayni vaqtda MARda 8 nafar, Malida 12 nafar portugaliyalik harbiy Yevropa Ittifoqi va BMTning Malidagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça köp yönalişli kompleks missiyalari davomida joylaştirilgan.
MAR aholisining 80 foizga yaqinini taşkil qiluvçi nasroniylar va aholining 15 foizini taşkil qiluvçi musulmonlar örtasidagi töqnaşuvlar 2013 yil martda "Seleka" musulmon koalitsiyasi nasroniy prezident Fransua Bozizeni töntargandan keyin boşlangandi. MARda ixtilof davomida bir neça ming odam halok böldi, mamlakat gumanitar inqiroz girdobida qoldi. Ön minglab musulmonlar mamlakatning şimoliga qoçganlar va bu davlatning diniy alomatga köra ikki qismga ajralişiga olib keldi.
Malida hukumat qöşinlari va turli ayirmaçi guruhlar jangarilari örtasidagi ixtilof 2012 yil boşida avj olgan. U köp jihatdan Liviyadagi vaziyatning keskinlaşuvi va hududda Liviya qurol-aslaha omborlarining yoyilişi oqibatida yuzaga keldi.
Fransiya MARdagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun 2013 yil dekarbda bu davlatla "Sangaris" operatsiyasi davomida 2 ming harbiysini joylaştirgandi. Operatsiya rejaga köra joriy yilda tugaşi kerak. Fransiya şuningdek "Barxan" operatsiyasini ötkazmoqda, uning doirasida islom ekstremistlari bilan kuraşiş uçun Mavritaniya, Mali, Çad, Niger, Burkina-Fasoda 3 ming fransuz harbiysi joylaştirilgan.






