AQŞning "Aprecia Pharmaceuticals" farmatsevtik kompaniyasi xodimlari FDA’ning (Food and Drug Administration – Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini sanitar nazorat qiliş boşqarmasi) dori vositalarini yaratiş uçun 3D-bosma texnologiyasidan foydalaniş uçun ruxsat olişdi. "Spritam" (Levetiratsetam) 3D-printer yordamida yaratilgan birinçi dori vositasi böldi.
Uşbu dori kattalar va bolalarda epileptik (tutqanoq) xurujlar rivojlanişining oldini oliş uçun qöllanadi. Rossiyada "Levetiratsetam" dorisi Rossiya hukumati tomonidan tasdiqlangan hayotiy zarur va eng muhim dori vositalari röyxatiga kiritilgan.
"Spritam"ni yaratişning ZipDose deb nomlangan yangi texnologiyasi Massaçusets texnologik instituti mutaxassislari tomonidan işlab çiqildi. Uning yordamida tabletkalar presslangan dori qatlamlari holida emas, balki ğovaksimon holda yaratiladi. Bu işlab çiqariş turi dori vositasining tezroq erişi va yaxşiroq sörilişi imkonini beradi. Şuningdek, kompaniya xodimlarining ta'kidlaşiça, bu uslub dorini yutişda qiynaladigan bemorlarga uni qabul qilişlarini osonlaştiradi, çunki u bir neça soniyalarda erib ketadi.
Aprecia Pharmaceuticals boş direktori Don Vezerxoldning aytişiça, taklif qilingan texnologiya şizofreniya, Parkinson kasalligi yoki boşqa kasalliklardan aziyat çekuvçi bemorlar uçun dorilar yaratişda ham qöllanişi mumkin.
"Spritam tutqanoqqa qarşi dorilar qabul qiliş haqidagi tasavvurimizni özgartirgan dori vositasi hisoblanadi, bu dori bizning dorilarimiz içida şifokor va bemorlarga davolaşning qöşimça variantlarini taklif qiluvçi birinçi doridir", deb aytdi Vezerxold.
2016 yil yanvarida kompaniya Deerfield Management jamğarmasidan 35 mln dollarlik investitsiya olgan. Ayni vaqtda kompaniya 3D-bosma texnologiyasini farmatsevtik maqsadlarda qöllaş texnologiyasi uçun eksklyuziv xalqaro litsenziyaga ega.






