Köpçilik hayotimizda ertakka örin yöq deb hisoblaydi. Lekin bu notöğri fikr. Sababi, hozirgi kunda ham xuddi ertaklardagidek öz baxtini topgan insonlar yaşaydi. E'tiboringizga zamonaviy Zoluşkalarning ertaklarga öxşaş hikoyalarini havola etamiz.
Keyt, Kembrij gersoginyasi

Uels şahzodasi Uilyam va oddiy ingliz oilasidan bölgan Keyt 2001 yilda Şotlandiyaning Sent-Endryus universitetida tanişganlar. Birinçi kursning özida Keyt va Uilyam döstlaşib qoladi. Keyt uçun avvaliga şahzoda bilan “döst” böliş juda qiyin keçdi, çunki u Uilyam bilan uçraşgan çoğida qizarib yoki oqarib ketardi, hattoki, suhbat paytida töxtab qolar edi. Ammo bu holat asta-sekin ötib ketdi. Bundan taşqari, Keyt şahzodani öqişni taşlaş fikridan qaytardi. 2004 yildan boşlab ularning munosabatlari haqida matbuotda birgalikdagi suratlari çop etilganidan söng muhokama qilişni boşlaşdi. Lekin ularning munosabatlari mukammal bölmagan: ba'zi vaqtlarda ajraşib, keyinroq esa yaraşib olişar edi. Ammo haqiqiy tuyğu ğalaba qozondi: 2010 yilning noyabr oyida Uilyam va Keyt rasmiy ravişda özlarining unaştiruvlari haqida e'lon qilişdi. 2011 yilning aprel oyida Vestminster abbatligida ularning nikoh marosimlari ötkazildi va bunday baxtli kunni millionlab odamlar dunyo böylab jonli efirda kuzatişdi.
Letitsiya, Ispaniya qiroliçasi

Ispaniya qiroliçasi Letitsiyaning ota-onasi muxbir va hamşira bölib işlaşgan va u bolaligidayoq kelajakda muxbirlik sohasidan borişni rejalaştirgan. Şahzoda Felipeni uçratişdan avval, u turmuşidan ajragan va öşa vaqtda taniqli muxbirga aylangan edi. Asturiy şahzodasi bilan Letitsiya Galisiyada xabarlar tayyorlaş vaqtida tanişib qolgan. Tasodifiy uçraşuv, bir körişdagi sevgi... va ayollar makri: Letitsiya boşida Felipe bilan uçraşuvga rozilik bermagan va şahzoda sabr bilan kutişga majbur bölgan. Natijada 2003 yilda dunyo böylab taxminan 1,5 milliard tomoşabinni ekran oldiga jamlagan töy bölib ötgan.
Şarlen, Monako knyaginyasi

Suziş bilan şuğullaniş nafaqat sportdagi yutuqlar çöqqisiga, balki qasrga ham eltişi mumkin ekan. Ana şunday holat professional suziş bilan şuğullanuvçi Şarlen Uittstok va Alber II örtasida yuz berdi. Ularning birinçi uçraşuvi 2000 yilda taşkil etilgan Monakodagi bellaşuvda, ikkinçisi esa 6 yil ötib Turin şahridagi bellaşuvda sodir bölgan. Şunday söng, matbuotda ularning birgalikda tuşgan fotosuratlari paydo böla boşlagan. Ammo rasmiy ravişda ular öz munosabatlarini 2011 yilda röyxatdan ötkazişdi.












