Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarif stavkasi böyiça 2012 yil 27 avgustdan 2014 yil sentabr oyiga qadar har bir suyultirilgan gaz aholiga 225 sömdan, 2014 yilning sentabr oyidan 2015 yil fevral oyiga qadar 310 sömdan yetkazib berilişi belgilangan edi. Lekin Jizzax viloyati, Döstlik tumani “Döstliktumangaz” filiali ombor mudiri vazifasida işlab kelgan Adham Mamatov öz faoliyati davomida bu narxga amal qilmaydi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

U fuqarolarni aldab, belgilangan narxning ustiga har bir gaz baloni uçun 2 ming sömdan 5 ming sömgaça noqonuniy ravişda qöşimça pul yiğib olgan. Buning natijasida 2013-2014 yillar va 2015 yilning boşida Döstlik tumanidagi “Qahramon”, “Saritepa”, “Oltin vodiy”, “Bunyodkor” va “Navröz” mahallalarida yaşovçilarga gaz ballonlarini oşiqça narxda sotib, jami 12 mln 66 ming sömlik özganing mulkini firibgarlik bilan qölga kiritgan.

Şuningdek, A.Mamatov aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oşirişda tegişli qonun hujjatlari talablariga zid ravişda faoliyat yuritdi. U 2013-2014 yillar va 2015 yil yanvar-fevral oylari davomida suyultirilgan gaz savdosidan, körsatilgan texnik xizmatdan va boşqa tuşumlardan kelib tuşgan 119 mln 364 ming söm naqd pullarni nazorat-kassa maşinasidan ötkazmasdan yoki soliq idoralaridan röyxatdan ötgan, qat'iy hisobot beriladigan hujjatlar yo ki boşqa tölov qoğozlarini bermasdan bank muassasasiga topşirib kelgan.

Sud Adham Mamatovning qilmişiga iqrorligini, yetkazilgan zararni töliq qoplaganligini inobatga oldi va unga nisbatan qonunda berilgan çoralar körildi.