Qatarning Al Jazeera telekomaniyasi özining butun dunyo böylab joylaşgan bölimlarida jami 500 nafar xodimini işdan böşatişga qaror qilgan. Bu haqda Associated Press naşri xabar tarqatdi.

Qayd etilişiça, xodimlar sonini qisqartiş zaruriyatiga telekanalni moliyalaştiradigan kompaniyalarning energiya narxlari arzonlaşişi tufayli körayotgan zararlari sabab hisoblanadi.

Al Jazeera telekanalidagilarning ma'lumotiga köra, qisqartirişlar orqali kadrlar optimallaştiriladi.

Ma'lumotlarga köra, telekanalda ayni vaqtda 4500dan ortiq xodim faoliyat körsatmoqda.