AQŞdagi saylovoldi kampaniyalari şuni körsatadiki, bu mamlakatda istalgan kişi prezidentlik uçun nafaqat öz nomzodini ilgari surişi, balki bu lavozimni egallaşi ham mumkin.

Aytiş mumkinki, demokratiya Qöşma Ştatlarda avvalboşdanoq özini namoyon eta olgan. Quyida Amerika tarixining ajralmas qismiga aylangan ğaroyib prezidentlar haqida ba'zi ma'lumotlarni havola etiladi.

Jon Tayler (1790-1862). 1841-1845 yillarda AQŞning 10-prezidenti.

Jon Tayler bir paytlar AQŞ duşmani sifatida e'lon qilinganiga qaramay, davlat rahbariga aylanişga muvaffaq bölgan. Gap şundaki, Tayler 1861 yilgi fuqarolik uruşi iştirokçisi bölib, u Janubiy konfederatsiyani tuzişda yetakçi bölgan. Şu bois, şimolliklar uni davlat duşmani deb e'lon qilişgan.

Grover Klivlend (1837-1908). 1885-1889, 1893-1897 yillarda AQŞning 22 va 24-prezidenti

Grover Klivlend 19 asr söngida 2 marotaba davlat rahbarligiga erişgan. Uni maşhur qilgan işlaridan biri esa, jinoyatçilarni şaxsan osgani hisoblanadi. Uni "ortidan osuvçi" deb ataşardi. Grover bunday malakani Nyu-York şahrining boş şerifi bölgan paytida orttirgan.

Abraham Linkoln (1809-1865). 1861—1865 yillarda AQŞning 16-prezidenti

Prezident Abraham Linkoln esa, nafaqat minglab qoratanlilarni qullikdan ozod etgan, balki prezidentligi vaqtida öldirilgan 4 nafar davlat rahbarlaridan biridir. Şunga köra, ayrimlar Linkoln ölimi bilan "Tippekanoe qarğişi" (nol raqamli yillar qarğişi) mavjudligini isbotlaşga urinişadi. Sirli tasodif tufayli, 1840 yildan 1960 yilgaça bölgan, nol bilan tugagan yillarda saylangan prezidentlarning barçasi muddatini poyoniga yetkaza olmagan. Ular suiqasd qurboni bölişgan.

Martin van Byuren (1782-1862). 1837–1841 yillarda AQŞning sakkizinçi prezidenti

Martin van Byuren esa, Amerikaning ona tili inglizça bölmagan yagona prezidentidir. Van Byuren hollandlar oilasi vakili bölib, uyida doim hollandça sözlaşgan. Garçi u ingliz tilini örganganiga qaramay, inglizçada juda yomon talaffuzda gapirgan.