AQŞ prezidentligiga respublikaçilar tomonidan nomzod sifatida körsatilganlardan biri, milliarder va siyosatçi Donald Tramp yana bir bor buva böldi. Uning qizi Ivanka öz tvitteriga öğil körgani haqida yozgan.
Xabar qilinişiça, çaqaloqqa Teodor Jyeyms deya ism qöyişgan.
"Teodor Jyeyms tuğildi. Jared va men özimizni aqlbovar qilmas darajada baxtiyor sezyapmiz", deya yozgan u.
Baby Theodore. My heart is full. xx, Ivanka #grateful pic.twitter.com/aOux7Nm3BU
— Ivanka Trump (@IvankaTrump) 28 marta 2016 g.
Qayd etiş kerakki, bu Ivankaning uçinçi farzandi. Endilikda Donald Trampning nabiralar soni sakkiz nafarga yetdi.
Vanity Fair naşrining yozişiça, Trampning qizi bundan oldinroq yahudiylik diniga ötgandi. Milliarder yaqin vaqt içida "ajoyib yahudiy bolakay" dunyoga kelişi haqida hazilomuz gapirgan.






