Bugungi kunda Yer sayyorasida 7 milliarddan ortiq kişi istiqomat qiladi. Aholi soni kun sayin ösmoqda. Biroq global iqtisodiyot, siyosat va xavfsizlikka aholining son özgarişlari emas, sifat özgarişlari ta'sir körsatadi.
Yaqin ön yillikda jahon xaritasida demografik özgariş kuzatilib, aholi ösişining 90 foizi Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi hissasiga töğri keladi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning aholisi keksayib bormoqda va şu bilan birga kamayib ketmoqda. Demografik inqiroz nafaqat Yevropada balki, Osiyodagi ayrim mamlakatlarda, jumladan iqtisodiyotning ğarb modelini tanlagan Janubiy Koreya va Yaponiyada ham kuzatilmoqda.
BMT ma'lumotlariga köra, 2050 yilda yer yuzi aholisining 22 foizini pensionerlar taşkil qiladi. Har bir soniyada ikki kişi özining 60 yoşini nişonlamoqda. BMT prognozlariga köra asr örtalariga borib, yer yuzida 100 yoşdan oşgan 3,2 millionga yaqin kişi istiqomat qiladi. Bugungi kunda ularning soni 300 mingdan oşib ketgan. 2050 yilda aholining örtaça yoşi 76 yoşni, 2100 yilda esa 85 yoşni taşkil qiladi. Bunga soğliqni saqlaş tizimining yaxşilanişi, iqtisodiy farovonlik sabab böladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa har bir işlayotgan xodimga bir nafar pensioner töğri keladi.
XVIII asr örtalarida Yer yuzi aholisining 20 foizi Yevropada istiqomat qilardi. Sanoat inqilobi yuz bergaç, “köhna qit'a” aholisi birdaniga oşib ketdi va Birinçi jahon uruşi yillariga kelib tört barobar köpaydi. 1913 yilda Yevropa va Şimoliy Amerika aholisi Yer yuzi aholisining 35 foizini taşkil qilardi. Öşanda Yevropada Xitoy aholisidan köp aholi yaşardi. Oradan ötgan 100 vaziyatni butunlay özgartirib yubordi. XXI asr boşlarida sayyora aholisining atigi 17 foizi AQŞ, Kanada va Yevropa mamlakatlari hissasiga töğri kelardi. 2050 yilga borib bu raqam 12 foizga tuşib qolişi aytilmoqda. BMT ma'lumotlariga köra, 2025 yilda yer yuzida 8,1 milliard kişi istiqomat qiladigan bölsa, asr örtalarida bu raqam 9,6 milliardga yetadi.
Avlodlar davomiyligini ta'minlaş maqsadida bir ayolga örtaça 2,1 nafar bola töğri kelişi kerak. 2011 yilda bu raqam 1,5 nafarni taşkil qildi. Eng yuqori körsatkiç Irlandiyada (2,02), Fransiyada (1,96) va Buyuk Britaniyada (1,91) qayd qilingan. Qolgan mamlakatlardagi körsatkiç bong uriş darajasida past.
Demografik vaziyat Janubiy va Şarqiy Yevropa mamlakatlarida ayançli ekani aytiladi. Avlodlar davomiyligi bilan boğliq ayançli vaziyat Germaniyada (1,41) ham kuzatilmoqda. Mazkur statistikadan körinib turibdiki, bir qator Yevropa mamlakatlari xalqlarining kelajagini yorqin deb bölmaydi. Agar tuğiliş şu darajada davom etadigan bölsa, 40 yildan keyin Yevropa mamlakatlarining aholisi 100 million kişiga kamayadi. 60 yoşdan oşgan fuqorolar soni 47 foizga köpayib, mehnatiga yaroqli fuqarolar 24 foizga kamayadi. Bu öz navbatida sayyoraning oldingi qatorida turadigan mamlakatlarning iqtisodiy ösişiga, soğliqni saqlaş sohasiga va harbiy qudratiga ta'sir körsatadi.






