Bugun – 28 mart kuni Toşkent şahri hududidagi yöllar ta'minoti mavzusiga oid matbuot anjumanida şahar hokimi Usmonov Rahmonbek Jahongiroviç yaqin kunlarda Toşkent şahrida tramvaylar harakati butunlay töxtatilişini tasdiqladi.
Şahar hokimining sözlariga köra, Toşkent şahri hududidagi yöllarning rivojlanişi, mavjud standartlardan Yevropa yöl standartlariga ötiş böyiça 2030 yilgaça möljallangan maxsus konsepsiya asosida bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.
Şuningdek, şahar hokimi xususiy avtomobillar sonining köpayişi, qolaversa, bugunga kelib samarasiz bölib qolgan tramvay tarmoqlari sababli yuzaga kelgan muammolar, ularning hal etiliş rejasi bilan şahar xaritasi asosida batafsil tuşuntirdi.
Yaqin kunlarda Toşkent şahrida tramvay harakati butunlay töxtatilib, ularning örniga ayni şu yönalişda harakatlanuvçi avtobuslar faoliyat boşlaydi. Masalan, 5 apreldan boşlab, (tramvay harakati töxtamagani holda) 13-tramvay yönalişda 13-T avtobusi sinov avtobusi qatnovi boşlanadi. Şu tariqa, yölovçilar yöldagi özgarişlarga astalik bilan könikkaç, tramvay harakati olib taşlanadi.







