Özbekiston yuqori tezlikda harakatlanuvçi poyezdlarga ega 20 mamlakat içida tuzilgan reytingda 17 örinni egalladi. Reyting GoEuro talqini böyiça Global High-Speed Train Ranking körinişida tuzib çiqilgan.
Mazkur reyting asosini poyezdlarning rekord tezligi, operatsion tezligi, şuningdek temiryöl yönalişi va aholining qamrovi va 1 kmga masofada aholiga nisbatan xarajat körsatkiçlari hisobga olingan.
Reytingga köra, Özbekistonda poyezdning eng yuqori tezligi 255 km/soatni (17 körsatkiç), operatsion tezlik esa 250 km/soatni (13 örin) taşkil qilgan.
Özbekistonda temiryöl yönalişida tezyurar poyezdlarning uluşi 8,21 foizni taşkil etadi (6 örin). Natijada GoEuro talqiiniga köra, Özbekistonning 9,01 foiz aholisi tezyurar poyezddan foydalaniş imkoniyatiga ega (16 örin).
GoEuröning qayd etişiça, Özbekiston aholisi tezyurar poyezdning 1 km masofasi uçun 0,18 yevro sarflaydi (11 örin).
Reytingda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kuçli uçlikni egallaşgan. AQŞ 19 örinda. Finlyandiya esa sönggi 20 örinda qayd qilingan. Rossiya 15 poğonani egallab turibdi.






