Muhojirlar YeIga Turkiya va Bolgariya orqali kirib kelişmoqda. Makedoniya, Serbiya va Xorvatiya orqali Avstriyaga hamda şimoliy Yevropa davlatlariga ötiş imkonini beruvçi "Bolqon yönalişi"ning yopilişi tufayli qoçoqlar Yevropaga olib boruvçi yangi yöllarni topişmoqda. Bu haqda Frankfurter Allgemeine Zeitungga tayanib, Deutsche Welle xabar qilgan.
Naşrning yozişiça, şunday yönalişlardan biri Turkiya janubidagi Antaliya portidan boşlanadi. Şunday nuqtalardan yana biri Suriya çegarasiga yaqin joylaşgan Mersin şahridan yoki markaziy Gretsiyaning Afina şahrida joylaşgan. Muhojirlar şu joylarga yetib olişsa bas, bu yerdan ular baliqçilik yoki unça katta bölmagan savdo kemalarida Örta Yer dengizini suzib ötib, Italiyaga kirib kelişadi.
Naşr ma'lumotlariga köra, bunday sayohat kişi boşiga 3 mingdan 5 ming yevrogaça aylanadi.
Ayrim qoçqinlar esa, Gretsiyadan Albaniya orqali Italiyaga ötişga harakat qilişadi.
Yana bir muqobil yönaliş Bolgariya orqali ötadi. Bu yerdan ular Ruminiya yoki Serbiyaga ötişga urinib körişadi. Biroq, ikkala holatda ham jiddiy tösiqlar mavjud.
Ruminiyada Karpat toğlari xalaqit bersa, Serbiyaning YeI bilan çegaralari avvalgidan ham kuçliroq qöriqlanadi.
Şu sababli köpsonli qoçqinlarning aksariyati Bolgariyaning özida qolişni ma'qul körişmoqda.






