27 mart kuni Ostonada Qizilördadan kelayotgan havo layneri favqulodda qönişni amalga oşirdi. Uçuvçilar, samolyotni old şassi (ğildiraklar) oçilmagan holatda qöndirişga muvaffaq bölişdi. Ma'lum bölişiça, bu hodisa parvozlar tarixida birinçisi emas.
"Otkrytaya Aziya onlayn" portali uşbu voqeaga öxşaş 8ta hodisa röyxatini tuzib çiqdi. Demak, uçuvçilarning jasorati bilan tanişamiz:
1. Ostonada old şassisi oçilmagan samolyotning qönişi
Bek Air aviakompaniyasining “Fokker-100” samolyoti "Qizil Örda - Ostona" yönalişi böylab parvozi sönggida Ostona aeroportiga qöndi. Uning bortida 116 yölovçi va 5 nafar ekipaj a'zosi bor edi. Ularning barçasi soğ-salomat.
2. Bahama orollaridagi qöniş
2016 yil 25 mart kuni Amerikaning arzon aviakompaniyasiga qaraşli JetBlue Embraer-190 samolyoti Bahama orollari poytaxti Nassau aeroportiga muvaffaqiyatli qöndi. Uçuvçilar qönişdan avval, samolyot old şassisida nosozlik borligini aytişgan. Samolyotda bölgan 93 yölovçi va ekipajning 4 nafar a'zosidan heç kim jabrlanmagan.
3. Dvigateli işdan çiqqan va şassisi yonayotgan rus samolyotining Dominikanda qöndirilişi
«Orenburgskiye avialinii» kompaniyasining Moskvaga parvoz qilayotgan “Boing-777” havo layneri 2016 yil 10 fevralida Dominikan respublikasida favqulodda qönişga majbur bölgan. Punta-Kana aeroportidan endigina uçgan samolyotning 5 km balandlikka kötarilganda motori işdan çiqqan. Boeing qönayotgan çoğda uning şassisidan deyarli asar ham qolmagandi. Samolyot bortidagi 346 yölovçi va ekipaj a'zolari tirik qoldi.
4. Los-Anjyelesdagi voqea
2015 yil 11 martida Kaliforniyaning Monterey va Los-Anjyeles şaharlari örtasida parvoz qilayotgan SkyWest Airlines kompaniyasiga qaraşli Bombardier SRJ200 rusumli havo laynerining şassisi manzilga bir neça daqiqa qolganda işdan çiqqan. Havo kemasi komandirining mohirligi aviahalokatning oldini olişga sabab böldi. Undagi 40 yulovçi va 3 ekipaj a'zosiga heç narsa qilmadi.










