Isroil knesseti (parlamenti) 2017 yildan boşlab dökonlarda polietilen xaltalarning tekin tarqatilişini taqiqlaş töğrisida qaror qabul qildi.
Bunday qaror atrof-muhitni muhofaza qiliş maqsadida kiritildi, deb xabar beradi RIA “Novosti” parlament matbuot-xizmatiga asoslangan holda.
Şunday qilib, yangi yildan har bir xaltaning narxi 0,1 şekel, taxminan 75 söm atrofida böladi.
Xabarida bildirilişiça, ayni paytda istalgan xaridor mamlakatda dökon kassalarida xohlagança polietilen xaltalarni olişi mumkin. Bu esa atrof-muhitga jiddiy ziyon yetkazadi.
Isroil ekologiya vazirligi ma'lumotlariga köra, Isroilda 8 million fuqaroning har biri yiliga örtaça 275 ta polietilen xaltadan foydalanadi. Mamlakat miqyosida bu 2,2 milliardga töğri keladi.






