Egizaklar nima ekanini bilasizmi? Bu nafaqat ikkiga köpaytirilgan quvonç, balki ikki karra jonkuyarik, taşviş va kiçkintoylar soğligi töğrisida xavotirlaniş.
Aka-uka Borya va Vladik Yugay bobosi va buvisining egizak baxti. Ular 2002 yilda tuğilişgan va ikkovida ham tuğma yurak xastaligi aniqlangan (TYuX).
Bolakaylarning otasi Rossiyaga tirikçilik niyati bilan ketib, uzoq diyorda ölim topgan, onasi esa yangi oila qurib, uydan çiqib ketgan. Şundan keyin Borya va Vladik bobosi va buvisi qaramoğida qolib ketdi. Ikki öğlidan judo bölgan ularning buvisi Lyudmila Anatolevna özining butun borligini nevaralariga baxşida qildi.
Bolalar doim kardiolog nazorati ostida bölişgan va ançadan beri operatsiyaga muhtoj edilar, lekin çol va kampir nafaqasiga oçiq yurakda ötkazaladigan operatsiya uçun zarur bölgan maxsus apparatlar oliş qayda bölsin... Ikkita yurak, bir xil taşxis, ikkita zarur bölgan oksigenator va ikkita nafaqa - murakkab hayotiy arifmetika...
Şifokorlar esa operatsiyani tezroq ötkazişni talab qilişardi. Har bir yil nevaralari uçun xatar keltirsa, har bir operatsiyasiz ötgan yil bolalarning umri uçun xavf-xatarni oşirsa, ikki öğlonidan judo bölgan ona, bolalarning buvisining köngli qanday iztiroblarni çekkanini uning özi biladi.
TYuX yangi tuğilgan çaqaloqlar va bir yoşgaça bölgan bolalar ölimi sababi sifatida birinçi örinni egallaydi. Bu xastalik har bir ming tuğilgan çakaloqlar orasida 6-7 marta uçraydi va bu barça rivojlaniş buzilişlari orasida 30 foizni taşkil etadi. Bolakay bir yoşdan ötib olsa, ölim ehtimoli keskin kamayadi, 1 yoşdan ön beş yoşgaça bölgan TYuXga mubtalo bölgan bolalarning faqat 5 foizi olamdan ötadi. TYuXni faqat jarrohlik yöli bilan davolaş mumkin. Kardiojarrohlik yutuqlari tufayli oldin qilib bölmaydigan murakkab rekonstruktiv operatsiyalarni muvaffaqiyatli ötkazişga şifokorlar qodir bölişgan.
Şunday murakkab operatsiyalarni Toşkent pediatriya institutining bolalar kardiojarrohlik markazida amalga oşirişadi. Qonunga muvofiq bolalar uçun davolaniş va operatsiyalar bepul, lekin hozirça davlat barça operatsiyaga muhtoj TYuXga mubtalo bölgan bolalarni maxsus oksigenatorlar va boşqa qimmatbaho aşyolar bilan ta'minlaşga qodir emas.
2015 yilning noyabr oyida «Soçnaya dolina» savdo belgisi (SB) «Birgalikda hayotlarni qutqaramiz!» xayriya aksiyasni ötkazdi. Noyabr oyi davomida har bir sotilgan şarbat qutisidan tuşgan mablağning bir qismi oğir kasalliklarga çalingan bolalarni operatsiya qiliş uçun maxsus hisob raqamiga ötkazilgan edi. Aktsiya 15 nafar bolaning operatsiyasi uçun yetarli mablağ jamğarişga muvaffaq böldi.






