Latviya hukumati Sputnik agentligiga internet resursining .lv domen hududida yopilişi töğrisida rasmiy ogohlantiriş maktubini yuborgan. Bu haqda Sputnik matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Domen nomlarini röyxatdan ötkazuvçi taşkilot yuborgan rasmiy maktubga köra, sputniknews.lv nomini röyxatga oliş YeI Kengaşi qarori bandlarini buziş hisoblanadi.

"Latviya taşqi işlar vazirligining ma'lum qilişiça, gap YeI Kengaşining Ukraina mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga tahdidlarni çeklaş çoralari töğrisidagi qarori haqida bormoqda", - deyiladi matbuot xizmati xabarnomasida. Aks holda, jinoiy iş qözğatilişi mumkinligi aytilgan.

Sputnik boş muharriri Margarita Simonyanning işonç bildirişiça, "Sputnik agentligining latiş tilidagi xizmati Latviya va YeI qonunçiligining bironta bandini buzmagan".

".lv domen hududida resursning yopilişi Latviya hukumatining bevosita senzurasini bildiradi. Şu bilan birgalikda, Latviya rahbariyati OAVining axborot töplaş va tarqatiş böyiça huquqini poymol etmoqda", - degan Margarita Simonyan.

Sputnik (sputniknews.com) – önlab davlatlarda multimedia axborot manbalari va radiosiga ega yangiliklar agentligi hisoblanadi. Sputnik agentligi 30dan ortiq tilda faoliyat yurituvçi saytlar, analogli va raqamli radiodasturlar, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqlarda sahifalariga ega. Sputnik agentligining yangiliklar tasmasi ingliz, arab, ispan va xitoy tillarida çiqib turadi.