Xmeymim aviabazasidan tayyorlagan videolavhalardan birida “Iskander-M” operativ-raketa majmuasi közga taşlanib qoldi.

Raketa majmuasining 9P78-1 rusumli uçiriş uskunasi, rus aviatsiyasining Suriyadan çiqişiga bağişlangan lavhada namoyiş etilgan. Uni “Sluju Rossii!” körsatuvining beşinçi daqiqasida aviabazadan parvoz qilayotgan An-124 “Ruslan” harbiy transport samolyoti fonida ilğaş mumkin.

Bundan avval, “Iskander” majmualarining Suriyada joylaştirilişi xususida rasman ma'lum qilinmagan edi.

“Iskander-M” operativ-taktik raketa kompleksi 1990-yillarda KBM konstruktorlik idorasi tomonidan işlab çiqilgan va 2006 yilda armiyaga qabul qilingan. U birmunça eskirgan “Toçka” va “Toçka-U” raketalari örnini egallagan. Raketalarning parvoz masofasi 500 kilometrni taşkil etadi, 280 kilometrga uça oladigani eksport qilinadi.

Aeroballistik raketalar butun parvoz davomida boşqarilgani bois uning yönalişini taxmin qiliş muşkul. Bu esa uni raketalarga qarşi mudofaa tizimi tomonidan urib tuşirişni qiyinlaştiradi.