"Yandeks" kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Alfred Fenoti 90 yoşida vafot etdi, deyilmoqda kompaniya bergan xabarda.

"Biz Elning ölimidan juda qayğudamiz. U buyuk odam va tuğma yetakçi – kompaniyamiz uçun bitmas-tuganmas energiya manbai edi. Bizga endi uning bilimlari va ziyrakligi juda yetişmaydi. Bu oğir lahzada biz Elning rafiqasi Rike va butun Fenoti oilasiga ta'ziya bildiramiz", deb aytdi kompaniya boş direktori Arkadiy Voloj.

Alfred Fenoti kompaniya direktorlar kengaşi tarkibiga unga asos solingandan beri kirgan, rais lavozimini esa 2008 yilda egallagan. Avvalroq u simvollarni optik taniş va kompyuter animatsiyasi sohasida işlovçi Information International Inc. kompaniyasi boş direktori bölib işlagan.

Fenoti ölimidan keyin uning lavozimiga Jon Boyton vaqtinçalik tayinlandi. U bungaça kompaniyada noijroçi direktor lavozimini egallab kelgan.