AQŞ yöl xavfsizligi suğurta instituti (IIHS) ilk bora avtomobil taşqi yoritkiçlarini sinovdan ötkazdi. Tun vaqtida ötkazilgan testda 31ta maşina qatnaşgan. Ekspertlar ixtiyoriga jami 82 xil çiroqlar namunasi havola etilgan.
IIHS mutaxassislari, beşta holatda çiroqlarning yölni yoritiş darajasini aniqlaşdi. Bunda uzoq va yaqinni yoritiş xususiyatlari e'tibordan çetda qolmagan.
Maxsus uskuna vositada yoritqiç çiroqlari taratayotgan yoruğlik ölçanib, nazariy jihatdan eng yaxşi çiroq körsatkiçiga taqqoslangan.

Şunday qilib, birinçi örinni kompaktven Toyota Prius egalladi. Bunda, uning eng qimmat modifikatsiyasiga örnatilgan uzoqni yoritişdan yaqinni yoritişga avtomatik tarzda ötuvçi nusxasi yuqori baholangan. Gibridning arzon modellarining çiroqlariga IIHS past ball qöygan.
IIHS ma'lumotlariga köra, BMW 3-Series maşinalariga örnatiladigan galogen çiroqlar sifati eng past deb baholangan. Umuman olganda, amerikalik ekspertlarning 3-Series diodli çiroqlaridan ham köngli tölmagan.

2015 yil oxirlarida, IIHS tomonidan ötkaziladigan kraş testlarda yuqori ball oliş uçun, boş yoritkiçlarda moslaşuvçi çiroqlar bölişi şart etib qöyilişi ma'lum qilingan edi. Bunday baholaş tizimi, 2017 yildan boşlab amal qilişi kutilmoqda.






