Android N yaratuvçilari öz e'tiborlarini eski qurilmalarning unumdorligini yaxşilaşga qaratmoqdalar. Bu haqda Android Police naşri xabar bermoqda.
Naşrning ta'kidlaşiça, yangi operatsion tizimning dizaynida bir neçta global özgarişlardan taşqari, dasturçilar qurilmalarning barqaror işlaşi va unumdorligiga urğu berişga qaror qilişdi. Eski qurilmalarda Wi-Fi faollaştirilişi va gadjyet egasining surat yoki videoga oliş vaqtida kuzatiladigan kiçik osiliş töğrilanadi.
Operatsion tizimning bunday öziga xos jihatlari birinçi navbatda kuçsiz xarakteristikaga ega smartfonlar miqdorining köpligi bilan boğlangan.
Android N – Android operatsion tizimining navbatdagi versiyasining işçi nomlanişi bölib, u birinçi marotaba joriy yilning 9 martida sinov-versiyasi sifatida Nexus qurilmalari uçun çiqarildi. Operatsion tizimning barqaror versiyasi yil örtasida çiqarilişi kutilmoqda.






