Aloqa operatori Beeline 20 aprel kuni International mehmonxonasida bölib ötadigan va bir neça mamlakatdan kelgan ma'ruzaçilarni jamlaydigan USENET 2016 halqaro digital-konferensiyasining Boş hamkori böldi.

Voqeani şarhlar ekan, Unitel MÇJ boş direktori Dmitriy Şukov şunday dedi: “Özbekiston telekom-sohasining yetakçisi sifatida Beeline şuningdek özini yaxşi tavsiya qilgan USENET konferensiyasi kabi eng oldi taşabbuslarni rivojlantirişga öz hissasini qöşadi. Mamlakatimiz va çet el IT-sohasining yetakçi ekspertlari orasidagi muloqot va tajriba almaşiş uçun yatatilgan maydonni qöllab-quvvatlaş imkoni borligidan mamnunmiz, bundan taşqari – respublikaning digital-ekotizimi barpo etilişida özimizning salmoqli hissamizni qöşişni möljallamoqdamiz, çunki kelajakning raqamli iqtisodiyoti – bu nafaqat texnologiyalar, balki innovatsion iqtisodiyot uçun kadrlarni tayyorlaşda insonlarning, USENET kabi tadbirlarning muhimliligidir”.

Ögan yillardagi kabi, konferensiyani Ledokol Group kompaniyasi taşkillaştirdi. Boş informatsion homiy Rossiyadagi Mail.Ru Group kompaniyasi böldi, strategik hamkor – UZINFOCOM axborot texnologiyalarini joriy qiliş va rivojlantiriş Markazi.

“Bizni qöllab-quvvatlagani uçun Beeline‘dan manatdormiz, işonamanki uzoq tanaffusdan söng USENET yangi sifatli darajaga ötişiga işonçimiz komil, – deydi Ledokol Group direktori Dilşod Muzaffarov. – Muhit özgardi, global bozorda işlayotgan va işlaşga tayyor bölgan professionallarning yangi avlodi yetişib çiqdi. Özbekistonlik qator startaplar halqaro darajada tan olindilar, va mazkur pozitiv jarayonlarga biz yangi turtki bera olamiz deb işonaman”.

Eslatib ötamiz, avval USENET konferensiyalari Toşkentda 2011 va 2012 yillarda ötkazilgan. Internetda biznesni rivojlantiriş, videoreklama, messenjerlar, ijtimoiy media, SMM, reklama bozorining monitoring va ölçovlari, elektron savdo, internet-OAV va muvaffaqiyatli startaplar USENET 2016 asosiy mavzulariga aylanadi. Tafsilotlar – http://usenet.uz/ saytida.