Braziliya demokratik harakati partiyasi (PMDB) 29 mart kuni mamlakat hukumati tarkibidan çiqdi, vazirlar mahkamasida vazir lavozimini egallagan partiya a'zolari iste'fo berişlari kerak böladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilgan.
"PMDB partiyasining Mehnatkaşlar partiyasi bilan tuzilgan koalitsiya tarkibidan çiqişi, muxolifatning prezident Dilma Rusefga impiçment jarayonini boşlaş imkoniyatini kuçaytiradi", deb xabar qiladi AFP.
Koalitsiyadagi özgarişlardan söng, Dilma Rusef yadro xavfsizligi böyiça Vaşington sammitiga bormaslikka qaror qildi.

Hukumat tarkibida fuqaro aviatsiyasi vaziri lavozimini egallagan PMDB a'zosi Elizeu Padilyaning AFPga aytişiça, Braziliyaning yangi hukumati «uç oydan kam bölmagan muddat»da şakllantiriladi. Uning sözlariga köra, PMDB partiyasining parlament quyi palatasidagi 69 nafar deputatidan 60 nafari Rusef xonimning almaştirilişi tarafdori hisoblanadi.

AFP xabarlariga qaraganda, ayni paytda Mehnatkaşlar partiyasi deputatlar bilan Rusefga qarşi impiçmentni boşlamaslik xususida alohida muzokaralar olib bormoqda. Taşabbusni taqiqlaş uçun esa, parlamentning jami 513 nafar deputatidan 171 nafari qarşi ovoz berişi kifoya qiladi. Sotsial-demokratik va Taraqqiyot partiyalari ham şu hafta içida koalitsiya tarkibidan çiqiş yoki çiqmaslik masalasiga oydinlik kiritişadi.
Agar parlament quyi palatasi impiçmentni ma'qullasa, Senatning uçdan ikki qismi ham Rusef iste'fosini qöllab-quvvatlaydi.

Ma'lumki, 2015 yilning dekabrida Braziliya parlamenti quyi palatasi, prezident Dilma Rusefga nisbatan impiçment jarayonini boşlagan edi. Bunga 2003-2010 yillarda Petrobras neft kompaniyasidagi korrupsiya bilan boğliq surişturuv yakunlari sabab bölgan. Öşa paytlarda Dilma Rusef ayni kompaniya direktorlar kengaşini boşqargan. Prezidentga qarşi impiçment jarayoniga ruxsat bergan quyi palata spikeri Eduardu Kunyaning özi ham Petrobras işi böyiça körsatmalar bermoqda.








