29 mart kuni Misrning Egypt Air aviakompaniyasining A320 samolyotini garovga olgan şaxs soxta "bomba"dan foydalangan. Bu haqda Kipr IIV rahbari Ioannis Kasulidisga asoslanib, mahalliy naşrlar xabar tarqatgan.
Uning ma'lum qilişiça, aviaqaroqçi mobil telefonlar ğilofining "bomba ğilofi" ekaniga samolyotdagilarni işontirgan.
"Bizda şubha bor edi, ammo tekşiruvlar natijasida samolyotda portlovçi qurilma bölmagani tasdiqlandi", deydi vazir.
Uning ma'lum qilişiça, Misrdan uçib kelgan samolyot ekipaji bilan arab tilini biluvçi tarjimon vositasida voqea tafsilotlari aniqlaştirilgan.
U şuningdek, samolyotni garovga oluvçi Kipr hukumati uning samolyotni Istanbulga qöyib yuboriş taklifini qabul qilmaganidan keyin taslim bölgani haqida bildirgan.
Eslatib ötamiz, Sayf ad-Din Mustafo ismli şaxs 29 mart kuni Egypt Air aviakompaniyasining Aleksandriyadan Qohiraga uçişni amalga oşirayotgan, bortida 81 kişi bölgan samolyotini garovga oldi. U öz yonida portlovçi modda borligini aytib, ekipaj va yölovçilarga tahdid qilgan. Uning talabi bilan samolyot şimolga qarab uçgan, u Istanbulga uçişni talab qilgan, ammo uçuvçi yoqilği yetmasligini sabab qilib, Kiprning Larnaki aeroportiga qönişni amalga oşirgan.
Bir muddat muzokaralardan söng aviaqaroqçi qöl kötarib taslim böldi.






