27 mart kuni Pokistonning Lahor şahrida portlaş sodir etildi. Bu vahşiylik “Gulşan-i-Iqbol” bolalar köngiloçar boğida terrorçi-hudkuş tomonidan amalga oşirildi. Bu paytda boğda nasroniylarning Pasxa bayrami tantanalari bölayotgan edi. Bomba bolalar atraktsionidan bir neça qadamlar beriroqda portlatildi.
Bu jinoyatni Pokistonda harakat qiluvçi “Tehrik-i-tolibon Pokiston” tolibonlarining “Jamoat ul Ahror” ekstremestik guruhi öz zimmasiga oldi.
Dawn gazetasining elektron versiyasi ma'lumotlariga köra, bu terakt qurbonlari soni 74 kişiga yetgan. 17 va 18 yaşar ikki jabrdiyda olgan jarohatlari oqibatida Lahordagi şifoxonada olamdan ötgan.
Avvalroq ular soni 72 nafar ekanligi qayd etilgan edi.

















