Instagram ijtimoiy tarmoği yuklanadigan videoroliklar davomiyligini oşirişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.

Yaqin orada ijtimoiy tarmoqda 60 soniyagaça davom etuvçi roliklarni yuklaş imkoniyati paydo böladi. Bir qator foydalanuvçilar hozirdanoq bu yangilikdan foydalaniş imkoniga ega böldilar.

Kompaniya ma'lumotlariga köra, oxirgi 6 oy içida yuklanayotgan videokontent miqdori 40 foizga oşdi. Şu sababli Instagram erkinroq formatni sinab körişni taklif qilmoqda.

Bundan avval ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari uzoqligi 15 soniyadan oşmaydigan roliklarni çop eta olardilar.