Osiyo qit'asida JÇ-2018 va Osiyo kubogi-2019 qöşma saralaşining 2-bosqiçiga yakun yasaldi. Saralaşning 3-bosqiçiga 12ta terma jamoa yöl oldi va ular savatçalarga ajratildi.

Savatçalar tarkibi:
1-savatça: Eron, Avstraliya
2-savatça: Janubiy Koreya, Yaponiya
3-savatça: Saudiya Arabistoni, Özbekiston
4-savatça: BAA, Xitoy
5-savatça: Qatar, Iroq
6-savatça: Suriya, Tailand.

Özbekiston milliy terma jamoasining taqvimi juda öziga xos böladi. Terma jamoa dastlabki öyinni 1 sentabr — Mustaqillik kuni Toşkentda 6-savatça vakili (Suriya yoki Tailand)ni qabul qiladi. Oradan 5 kun ötib, 5-savatça jamoasi (Qatar yoki Iroq) maydoniga yöl olinadi. Oktyabr oyida esa Özbekiston ketma-ket ikkita öyinni özida qabul qiladi. Özbekistonga 1 va 4-savatça vakillari taşrif buyurişadi.

Dastlabki 4ta öyinda imkon qadar maksimal jamğarilsa, köp narsa oydinlaşib qoladi.

Özbekiston terma jamoasining taqvimi
1-tur, 1 sentabr. Özbekiston – Suriya/Tailand
2-tur. 6 sentabr. Qatar/Iroq – Özbekiston
3-tur. 6 oktabr. Özbekiston – Eron/Avstraliya
4-tur. 11 oktabr. Özbekiston – BAA/Xitoy
5-tur. 15 noyabr. Janubiy Koreya/Yaponiya – Özbekiston
6-tur. 23 mart. Suriya/Tailand – Özbekiston
7-tur. 28 mart. Özbekiston – Qatar/Iroq
8-tur. 13 iyun. Eron/Avstraliya – Özbekiston
9-tur. 31 avgust. BAA/Xitoy – Özbekiston
10-tur. Özbekiston – Janubiy Koreya/Yaponiya