Ebola virusining xalqaro hamjamiyatga keng miqyosda tarqaliş xavfi pasaygan. Ğarbiy Afrika mamlakatlarida tarqalgan Ebola kasalligi, endilikda xalqaro soğliqni saqlaş sohasida favqulodda vaziyat deb baholanmaydi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti xabar qilgan.
"Uşbu yuqumli kasallikning turli davlatlarga tarqaliş xavfi kam va kutilmagan holatlar vujudga kelgudek bölsa, taşkilotga a'zo davlatlar zudlik bilan çoralar köra olişadi", – deyiladi JSST bayonnomasida.
Gvineya, Liberiya va Serra-Leone hukumatlari, virusning qamrovi avvalgi miqyosda emasligini ma'lum qilgaç, şunday xulosaga kelingan.
Olimlar virusning ikkita öta xavfli namunasiga qarşi universal vaksina yaratgani haqida avval xabar qilingandi.
JSST ma'lumotlariga köra, Ebola virusining Ğarbiy Afrika davlatlarida keng tarqalişi 11 mingdan ortiq kişining ölimiga olib keldi. Qurbonlarning aksariyati uç davlat – Gvineya, Serra-Leone va Liberiya hissasiga töğri keladi. Buning oqibatida 22 ming nafar bolalar yetim qolişdi.






