Qozoğistonning Özbekistondagi diplomatik missiyasiga bundan buyon Yerik Utemboyev boşçilik qiladi.
"Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning Özbekistondagi elçisi vazifasiga Yerik Utembayevni tayinladi", deya xabar beriladi Qozoğiston prezidenti matbuot xizmati.
Yerik Utemboyev 2012 yildan şu vaqtgaça Qozoğistonning Polşadagi elçisi sifatida işlagan. U turli yillarda Eron (2006-2009) va Lyuksemburgda (2009-2012) Qozoğiston elçisi sifatida faoliyat körsatgan. Şu bilan bir vaqtda Utemboyev Yevropa Ittifoqi va NATOda Qozoğiston vakolatxonasi rahbari vazifasini bajargan.
Utemboyev 2001 yildan boşlab Qozoğiston Strategik Rejalaştiriş Agentligi rahbari örinbosari, 2002 yildan Xavfsizlik kengaşi rahbari örinbosari vazifasida xizmat qilgan. U şuningdek, Kaspiy dengizi böyiça muzokaralarda Qozoğiston vakili bölgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda Qozoğistonning bundan oldingi elçisi Böriboy Jyeksembin edi. Uning Toşkentdagi vakolati ötgan yil dekabrida yakunlandi.






