1996 yilda Apple kompaniyasining asosçisi 1985 yilda kompaniyadan ketib, hali öz qadrdon kompaniyasiga qaytmaganida va u öz böyniga rahbarlik yukini olmagan holatda kengroq faraz qila olişi mumkin bölgan. Uning ba'zi fikrlari Wired naşriga bergan intervyusida öz aksini topgan, keyinçalik ular "dohiyona" deb atalgan – Jobs öz fikrlarining köpida haq bölgan, deb yozmoqda yablyk.com. Quyida uning şunday başoratlaridan ba'zilari keltirilgan:

Internetsiz bir qadam ham bosib bölmaydi

1996 yilda veb-muhit öz maqomini "Jahon axborot örgimçak ini"ga aylantirdi va uning keyingi kattalaşişi miqyosini istalgan malakali mutaxassis taxmin qila olgan. Jobsning xizmati şundaki, u "tarmoqqa istalgan joyda kiriş" ğoyasini işlab çiqqan – u bu bilan mohiyatan hozirda "mobil internet" deb nomlanuvçi xizmatni nazarda tutgan. Stiv internet bu körinişda yangi, juda qiziq xususiyatlar olişini aytgan. Hozirda biz buni körmoqdamiz.

Tijoratçilar internet egalariga aylanadilar

Jobs axborot fazosida hokimiyat kimga tegişli bölişi haqidagi savolga javob bera turib, u oçiqçasiga unga savdo bilan şuğullanadiganlar egalik qilişini aytgan. Ular avval internetda köplab dökonlar oçadilar, söngra xaridorlarni u orqali tovar va mahsulotlar xarid qilişga örgatadilar, söngra asosiy moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni egallab oladilar. Bu başoratning yorqin isboti bölib Amazon kompaniyasining tarixini keltiriş mumkin – u bir vaqtlar qörqibgina raqamli makulaturani sotişga harakat qilgan, hozirda esa Walmart kabi gigant çakana savdo tarmoqlari Jyeff Bezos yaratgan Amazon orqasidan yetib olişga harakat qilaman deb toyib ketmoqdalar.

Işlab çiqaruvçi va iste'molçi bir-biriga yaqinroq böladi

Jobs vositaçilik tuzilmalari haqida işçi jarayonlarni tormozlaydigan va buyumlarni ularning asl narxidan qimmatroq qiladigan yaramas narsadek gapirardi. Uning fikriça, bu biznes uçun tayanç emas, tösqindir. Yangi axborot kanallari paydo bölişi bilan işlab çiqaruvçi va uning mahsulotiga ehtiyojmand iste'molçi deyarli bir-biriga qöl uzatsa yetadigandek masofaga yaqinlaşadilar. Bu nomoddiy qadriyatlarga nisbatan ham dolzarbdir – köplab startaplar, frilans va autsors xizmatlari bunga misol böladi. Buyurtmaçi ommaviy mahsulot örniga unga aynan nima kerak bölsa, şuni oladi. Va heç ham vositaçilarni "boqişga" şoşmaydi.

Internetni rad etadiganlarni inqiroz kutadi

Jobsning fikriça, internet kundalik hayotga qançalik tiğizroq kirib borsa, u an'anaviy tartibda işlaydigan kompaniyalarga şunçalik muammolar tuğdiradi. Ularni kamida ziyonlar va maşaqqatli özgarişlar kutadi, bunga köproq çidaydiganlar esa eng köp oğriqqa uçraydi, ular hattoki majburiy va yakuniy inqirozga uçraşi mumkin.