Çiplar işlab çiqariş böyiça yetakçi Taiwan Semiconductor Manufacturing Co. (TSMC) kompaniyasining ma'lum qilişiça, Xitoy hukumati bilan mamlakatda yangi fabrika va tadqiqot markazi quriş şartlari böyiça kelişuvga erişilgan.
Yarimötkazgiçlar işlab çiqaruvçi korxona Xitoyning Nankin şahrida barpo etiladi. Garçi, Xitoy tomoni mazkur loyihani hayotga tadbiq etişda kömaklaşsada, Tayvan kompaniyasi 3 mlrd dollarlik zavodning yagona egasi böladi.
Unda har oyda diametri 300 millimetrli 20 ming yarim ötkazgiçli plastinalar işlab çiqiladi. Korxona ilk mahsulotlarini 2018 yil ikkinçi yarmida bozorga çiqarişi rejalaştirilgan.
TSMC kompaniyasining Xitoyda yana bir zavodi bölib, unda 200 millimetrli yarimötkazgiç plastinalari işlab çiqariladi. Şanxaydagi korxona ham yuz foiz Tayvan kompaniyasiga tegişli.






