Özbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov 30 mart kuni Oqsaroyda Germaniya federativ respublikasi federal taşqi işlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Ştaynmayyerni qabul qildi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Islom Karimov mehmonni samimiy qutlab, uşbu uçraşuv özaro hamkorlik böyiça fikr almaşiş uçun yaxşi imkoniyat bölib, Özbekiston bilan Germaniya örtasidagi köp qirrali va doimiy aloqalarning uzviy qismi ekanini ta'kidladi.

UzReport xabarida yozilişiça, Özbekiston rahbari Ştaynmayyerning 2 kunlik safar davomida Samarqandga boriş uçun vaqt ajratişi va bu tarixiy şahar bilan yaqindan tanişişi mumkinligiga umid bildirgan.

"Özbekistonda Germaniyani Yevropadagi yirik intellektual, iqtisodiy, texnik va texnologik salohiyatga ega, xalqaro maydonda nufuzli, global va mintaqaviy masalalarni hal qilişga salmoqli hissa qöşib kelayotgan yetakçi davlatlardan biri sifatida biladi.

Özbekiston mustaqilligi yillarida mamlakatlarimiz örtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda barqaror hamkorlik yölga qöyildi. Bugungi kunda 130 dan ortiq hujjatdan iborat mustahkam huquqiy baza yaratilgan va barça darajadagi munosabatlar uçun işonçli mexanizm mavjud.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga keyingi 15 yilda Germaniyaning 784 million dollardan ortiq töğridan-töğri investitsiyalari va kreditlari jalb etilgan. Özbekistonda Germaniya Federativ Respublikasi investitsiyasi iştirokida 113 korxona, şundan 27 tasi töla Germaniya kapitali asosida faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda dunyoga maşhur nemis kompaniyalari Özbekiston bozorida mustahkam örin egallab, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirişga salmoqli hissa qöşmoqda. “MAN” konserni bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida zamonaviy zavod barpo etilgan. Korxonada turli rusumdagi yuk avtomobillari işlab çiqarilmoqda. Uşbu avtomobillarga xorijda ham talab yuqori. Germaniya sanoatining yana bir yetakçisi – “CLAAS” konserni bilan taşkil etilgan qöşma korxonada zamonaviy qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqarilmoqda.

Ötgan yili taşkil etilgan Özbekiston – Germaniya işbilarmonlar kengaşining ikkita majlisi ötgani savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirişga ikki tomonda ham qiziqiş ortib borayotganidan dalolat beradi. Uşbu majlislar doirasida Germaniyadan 2,85 milliard dollarlik texnologiyalar va imtiyozli kreditlarni jalb etiş böyiça loyihalarni amalga oşiriş haqidagi hujjatlar imzolangan.