Hollivud blokbasterlari film reytingida yangi rekord o‘rnatish uchun o‘zaro kurash olib borayotgan bir vaqtda, ularni suratga olish va reklama qilishga ketadigan xarajatlar ham tobora ortib boraveradi. 

Hollivudda ayni damda katta ekranlarda namoyish etilayotgan “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongi” kinematografiya sohasidagi eng qimmat filmga aylanishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Uning byudjyetini 410 million dollarga baholashmoqda.

Hozirda studiya film qiymatini oshkor etmadi. So‘nggi yillardagi 300-400 million dollar qiymatidagi filmlar kinobyudjyet sanoatida odatiy holga aylanadi. 

IMDb sayti hamda filmlarning moliyaviy mablag‘lari haqidagi onlayn-manba Box Office Mojo ma'lumotlariga ko‘ra, kino tarixidagi eng yuqori byudjyetli filmlar reytingi tuzib chiqildi. 

20. «007: Spektr» (2015) — 246 mln dollar

Inflyatsiya hisobisiz byudjyet: 245 mln dollar

Dunyo bo‘yicha kassa yig‘imi: 880 mln dollar.


19.«Supermenning qaytishi» (2006) — 246,4 mln dollar 

Inflyatsiya hisobisiz byudjyet: 209 mln dollar.

Dunyo bo‘yicha kassa yig‘imi: 391 mln dollar


18. «X odamlar: So‘nggi olishuv» (2006) — 247,6 mln dollar 

Inflyatsiya hisobisiz byudjyet: 210 mln dollar

Dunyo bo‘yicha kassa yig‘imi: 459,4 mln dollar


17. «O‘rgimchak odam 2» (2004) — 250 mln dollar

Inflyatsiya hisobisiz byudjyet: 200 mln dollar

Dunyo bo‘yicha kassa yig‘imi: 783,8 mln dollar