Aleksandr Lukaşenkoning ma'lum qilişiça, Belarus harbiy doktrinasi faqat mudofaa maqsadini nazarda tutadi, belaruslar heç qaçon begona hududlarda jang qilmaydi.
"Biz heç kimga qarşi hujum qilmaymiz va qurol işlatmaymiz", - deb bayonot berdi Aleksandr Lukaşenko.
Uning aytişiça, Minsk özining Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (ODKB) dagi iştirokini yaşirmaydi. Şunga qaramay, uşbu şartnoma mamlakatlarining manfaatlari qanday bölişidan qat'iy nazar, Belarus armiyasi begona mintaqalarda uruşmaydi.
"Ammo bevosita xavf paydo bölganda, Rossiya oldidagi ittifoqdoşlik majburiyatlarini töla-tökis bajaradi. Şunda ham, faqatgina öz hududida ğarbiy çegaralarini himoya qiladi", deya qayd etgan Lukaşenko.
Prezidentning sözlariga köra, “Belarus öz ixtiyorida yangi qurol paydo bölsa, uni namoyiş etadi".
"Albatta, kimnidir qörqitiş uçun emas, balki hamkorlarimiz bilib qöyişlari uçun”,- degan Lukaşenko.
U şuningdek, Minsk AQŞ bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildirar ekan, "Belarusning Ğarb bilan aloqalarida yangi davr boşlanayotgandir", degan fikrni ilgari surgan.
Lukaşenko: AQŞ Ukrainadagi mojaroga barham berişi mumkin
Lukaşenko: Belarus Ukraina inqirozidan aziyat çekmoqda
Lukaşenko: Belarus NATOning şarq tomonga kengayişini e'tiborsiz qoldira olmaydi






