31 mart kuni Vaşingtonda iş boşlaydigan Yadro xavfsizligi sammiti arafasida, AQŞ prezidenti Barak Obama Rossiyani örta va qisqa masofalarga uça oladigan raketalar töğrisidagi şartnoma bandlariga töliq amal qilişga çaqirdi. Bu haqda Amerika yetakçisi The Washington Post gazetasidagi maqolasida fikr yuritgan.

Unda Obama uşbu şartnoma buzilayotgan holatlarga e'tibor qaratib, Vaşington Kreml ma'muriyatini öz majburiyatlarini töliq bajarişga undaşini ta'kidlagan.

Amerika yetakçisi yadro qurollari zaxirasini qisqartiriş zarurligini alohida qayd etar ekan, bu borada Rossiya va AQŞ örtasida ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş taklifini bildirgan.

Obamaning e'tirofiga köra, Moskva va Vaşington strategik hujum qurollarini qisqartiriş va çeklaş böyiça zimmasidagi majburiyatlarini bajarib kelayotgani bois, 2018 yilda uşbu mamlakatlar ixtiyoridagi jangovar yadrokallaklari soni 1950 yildan beri eng past körsatkiçga yetadi.

2015 yil dekabr oyida, AQŞ Rossiya tomonidan örta va qisqa masofalarga uçuvçi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi şartnoma bandlari buzilayotganini rökaç qilib, Moskvaga qarşi sanksiyalar tayyorlayotgani oşkor bölgandi.

Umuman, sönggi yillarda Rossiya va AQŞ mazkur şartnoma bandlarini buzişda, bir-birini ayblab keladi. Vaşington, “Iskander-M” yerusti majmuasining R-500 qanotli raketasi hamda yangi strategik RS-26 («Rubej») raketasiga nisbatan öz da'volarini ilgari surmoqda.

Moskva tomoni esa 1990 yillar oxiridan boşlab, AQŞda raketalarga qarşi mudofaa tizimi uçun nişon raketalar işlab çiqarilayotganidan qayğurmoqda. Rossiyaning fikriça, bu uskunalar aslida jangovar qurol örnatilmagan tölaqonli raketalardir. Şuningdek, Ruminiyada Tomahawk raketalarini uçiriş imkonini beruvçi Standard SM-3 majmualarining örnatilişi Moskva xavotiriga sabab bölmoqda.